Линклар

logo-print

OzodMikrofon: Rossiyada qul qilingan otamni qutqarishga yordam bering!


Rossiyada qullikda saqlanayotgani aytilgan Sarimsoqov Nasriddin Xolboevich.

Rossiyada qullikda saqlanayotgani aytilgan Sarimsoqov Nasriddin Xolboevich.

Ozodlikka Rossiyadan bog‘langan samarqandlik Bobur Xolboev Moskva viloyatida qurilishda ishlab yurgan otasi - 1964 yilda tug‘ilgan Sarimsoqov Nasriddin Xolboevichni topish va qutqarishda yordam so‘radi. Boburning aytishicha, otasi 3 yil oldin qullikka tushib qolgan va shundan buyon uni qullikda saqlayotgan odamlarni topish, otasini qutqarish chorasini topa olmayotir.

Rossiyaning Astraxan oblastidan qo‘ng‘iroq qilgan Bobur Xolboevga ko‘ra, otasi bilan so‘nggi bor uch yil muqaddam to‘y kuni bemalol gaplashgan:

- Men uylangan kunim otam qo‘ng‘iroq qildi. "O‘g‘lim to‘yingga borolmadim, uzr", dedi. Ungacha boraman, deb turgan edi, kutayotgan edik. Ishlarimni tugatib, boraman, deganiga men ham surishtirmadim o‘shanda. Keyin bedarak ketdi, kelmadi. Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi. Men qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildim, tanishlarga telefon qildim. Daragi chiqmadi. IIBga bordim, topisha olmadi. Uch-to‘rt oy oldin tanishlardan bir raqam topib, telefon orqali qisqagina gaplashdim. O‘shanda otam: "Men ishga olib kelgan bolalar, ishni tashlab qochishdi. Keyin ish beruvchi mening pasportimni olib qo‘ydi, sumkalarim va kiyimlarini yoqib yubordi, ketolmay yuribman", dedi. Otam brigadir edi. Qaerdaligini, ish beruvchi kimligini so‘rasam: "Sen aralashma, o‘zim hal qilaman!" dediyu shu bilan boshqa gaplasholmaim. U nomerga bog‘lanib bo‘lmayapti. Otam qullikda, deb taxmin qilayapman, ammo topolmayapman. Iltimos, yordam beringlar! - dedi shu kunda Rossiyada otasini qutqarish harakatida yurgan Bobur Xolboev.

Quyida Bobur bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Diqqat: Uch yil muqaddam Rossiyada qullikka tushib qolgani taxmin qilinayotgan 52 yashar Sarimsoqov Nasriddin Xolboevichni ko‘rgan, uning bugungi ahvolidan xabardorlar bo‘lsa, marhamat, quyidagi raqamlarga bog‘lanishingiz mumkin:

WhatsApp, Viber, Telegram: + 793 782 653 18 - Bobur Xolboev​

WhatsApp, Viber, Telegram: + 420 724 971 539 - Ozodlik radiosi

---------------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG