Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:33

Karimov aprelda faqat mevani o‘yladi. Sabzavotniyam


Aprel O‘zbekistonda meva-sabzavot eksportiga doir qarorlar uchun serhosil oy bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining meva-sabzavotni yuk mashinalarida eksport qilishga ruxsat beruvchi 1 apreldagi qaroridan so‘ng mamlakat Prezidenti shu sohaga oid 3 ta qaror qabul qildi.

Islom Karimov imzolagan qarorlardan biri asosida tashkil qilinadigan tuzilmaga mamlakat ichki bozorini meva-sabzavot bilan ta’minlash yuklatilsa, ikkinchisi bilan tashkil qilinadigan tuzilma meva-sabzavotni eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Valyuta keltiradigan “O‘zagroeksport”

2016 yilning 1 mayidan boshlab, meva-sabzavotni eksport qiluvchi tashkilot va muassasalar, tashkiliy-huquqiy shakli va qaysi idoraga taalluqli ekanligidan qat’inazar, jumladan mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan keladigan valyuta tushumlarining 50 foizini majburan davlatga sotadi.

Bu me’yor Prezident Karimov 7 aprelda imzolagan qarordagi eng muhim gapdir.

Tilga olingan qaror bilan tar va qayta ishlangan meva-sabzavotni eksport qiluvchi “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi tuziladigan bo‘ldi.

Aytilishicha, bu qarordan maqsad raqobatbardosh meva-sabzavotning tashqi bozorlardagi ulushi va assortimentini kengaytirishdir.

Hujjatda “O‘zagroeksport” kompaniyasining vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatdagi savdo-xarid bazalari, sovutgich omborlar hamda “O‘zulgurjisavdoinvest” assotsiatsiyasi, “O‘ztadbirkoreksport” aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi savdo uylari “O‘zagroeksport” tasarrufiga o‘tkazilajagi ham belgilab qo‘yilgan qarorda.

7 aprelda imzolangan qaror Prezident aprelda imzolagan uch qarordan biridir.

Ulardan biri haqda (2016 yilgi hosildan boshlab ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy to‘g‘risida) avval yozgan edik.

Ichki bozorni "O‘zbekoziqovqatzahira" "nazorat qiladi"

O‘zbekiston prezidenti 8 aprelda imzolagan yana bir qaror bilan meva-sabzavot mahsulotini tayyorlovchi va saqlovchi korxonalar assotsiatsiyasi - “O‘zbekoziqovqatzahira” tuziladigan bo‘ldi.

“O‘zbekoziqovqatzahira” shu paytgacha mavjud bo‘lgan “O‘zulgurjisavdoinvest” assotsiatsiyasi bazasida tashkil etilajagi aytilgan qarorda.

Hujjat mazmuniga qaraganda, “O‘zbekoziqovqatzahira” zimmasiga mamlakat ichki bozorini qishin-yozin meva-sabzavot bilan ta’minlash yuklatiladi.

Qarorda aytilishicha, “O‘zbekoziqovqatzahira” ichki bozorni qishki-bahorgi mavsumda meva-sabzavot bilan hamda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar bilan tar meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum sotib olish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi.

Mutaxassis sharhi

Meva-sabzavot eksportiga oid Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston prezidenti qarorlarini sharhlab berishni O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, hozirda Ostonadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubaevdan iltimos qildik:

Сапарбой Жубаев мева-сабзавот экспортига оид қарорлар тўғрисида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG