Линклар

logo-print

Karimovga qizil karta ko‘rsatgan sessiya


O‘zbekiston parlamenti bugun siyosiy harorati so‘ngan bir idora sifatida ko‘rinadi.

O‘zbekiston parlamenti bugun siyosiy harorati so‘ngan bir idora sifatida ko‘rinadi.

1991 yilning 30 Sentyabrida ish boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq 7-sessiyasida O‘zbekiston prezidentini jiddiy tanqid qilgan deputat Shuhrat Nusratov qamoqdan ozod qilindi.

O‘sha kuni Oliy Kengashdagi demokratik deputatlarning “Tashabbus” guruhi “O‘zbekiston prezidentiga deputatlar ishonchsizlik bildirdi” degan xabar matbuotga sizib ulgurgan edi.

Deputat Shuhrat Nusratovning 1991 yilning 30 sentyabridagi nutqini eshitgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “O‘pkangni bosib ol” degan ma’noda javob bergan edi.

Karimovning bu gapidan ancha vaqt o‘tib Nusratov qamoqqa olindi.

Inson huquqlari faoli Surat Ikromov buni siyosiy o‘ch olish deb atadi

O‘zbekiston tarixidagi eng demokratik parlamentning deputati bo‘lgan va hozir AQSh da istiqomat qilayotgan Jahongir Muhammaddan bu sessiyaning hususan shu sessiyada so‘zga chiqqan Nusratov nutqining ahamiyatini so‘radik.

XS
SM
MD
LG