Линклар

logo-print

Afg‘oniston poytaxti Kobulda Tolibon xavfsizlik xizmati binosiga hujum qilgani oqibatida kamida 28 odam halok bo‘ldi, 300dan ortiq odam yaralandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Siddiq Siddiqiyning bildirishicha, 19 aprel kuni Tolibon janggarisi bo‘lgan xudkush portlovchi modda yuklangan yuk mashinasini xavfsizlik binosi yaqinidagi bekatda portlatib yuborgan. Shundan so‘ng toliblar hujumga o‘tib, xavfsizlik xizmati binosini egallashga harakat qilgan.

O‘laganlar va yaradorlar orasida harbiylar bilan bir qatorda fuqarolar ham bor. Mazkur hujum uchun mas’uliyatni Tolibon harakati o‘z zimmasiga oldi. Halqaro hamjamiyat Tolibon tomonidan uyushtirilgan hujumni keskin qoralamoqda.

XS
SM
MD
LG