Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:21

Savchenko Poroshenko bilan suhbatdan so‘ng ochlikni to‘xtatdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan telefon orqali qilingan suhbatdan so‘ng Nadejda Savchenko ochlikni to‘xtatdi. Bu haqda uchuvchining advokati Ilya Novikov o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Seshanba kuni Poroshenko prezident Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgani va Nadejda Savchenkoni “ozod qilish algoritmi yuzasidan murosaga kelingani”ni bildirgan edi. Kreml rasmiylari ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Avvalroq Kiev sudi “Ukrainaga qarshi urushda qatnashganlikda va terrorchilikda aybdor”, deb topilgan rossiyalik Yevgeniy Yerofeev hamda Aleksandr Aleksandrovni 14 yilga ozodlikdan mahrum etgan edi. Rossiya va Ukraina rasmiylari Kievda sud hukmi o‘qilishi Savchenkoni ozod qilish jarayoni boshlanishini anglatishini bildirgan edilar.

22 mart kuni Rossiya sudi uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukraina sharqidagi urushni yoritayotgan ikki nafar rus jurnalisti o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etgan. 5 aprelda sud hukmi kuchga kirgan, 6 apreldan esa Nadejda Savchenko ochlik e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG