Линклар

Rossiya tarkibidagi Adigeya Respublikasi Maykop shahar sudi qarori bilan O‘zbekistonning olti fuqarosi Toshkentga deportatsiya qilindi. O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada yurish rejimini buzganlikda aybdor deb topilgan.

Rossiya federal migratsiya xizmatining ma’lum qilishicha, Adigeyadagi mehnat muhojirlarining asosiy qismini o‘zbekistonliklar tashkil qiladi. Xabarda aytiliishcha, Adigeyadagi muhojirlarning 6 minggi, ya’ni 29 foizi o‘zbekistonliklardir.

Adigeyada mehnat qilayotgan ukrainaliklar 25,4 foizni, armanlar 15,2 foizni, tojiklar 8,8 fozini, ozarbayjonlar 6,1 foizni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG