Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:15

Qrimdagi jurnalistlarga Moskva tomonidan bosim ko‘rsatilmoqda


Qrim bosh prokuraturasi Ozod Yevropa-Ozodlik radiosining ismi aytilmayotgan muxbiriga tergov yakuniga qadar yarim orolni tark etishni taqiqlaganini ma’lum qildi.

Qrim bosh prokuraturasining 19 aprel kuni tarqatgan ma’lumotnomasida aytilishicha, Ozod Yevropa-Ozodlik radiosi muxbiri ”Rossiya hududiy yahlitligiga matbuot orqali tahdid solayotganlikda” ayblanmoqda. Politsiya Qrimda mazkur ayblov bildirilgan 7 kishi, jumladan, Ozod Yevropa-Ozodlik radiosi muxbirlarining uylarida ham tintuv o‘tkizgan.

Ozod Yevropa-Ozodlik radiosi bosh muhariri Nenad Peyich “jurnalistlardan biriga kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ayblov bildirilmoqda va u besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi”ni aytdi.

"Ozod Yevropa-Ozodlik radiosining “Qrim realii” sayti Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimda rus tilida erkin axborot tarqatuvchi eng oxirgi manbalardan biridir. Bizning radiostansiyamiz xolis axborotga muhtoj bo‘lib turgan auditoriya uchun voqealarni professional darajada yortishni to‘xtatmaydi. Ayni paytda o‘z hamkasblarimizni himoya qilishni ham to‘xtatmaymiz”, dedi Nenad Peyich.

XS
SM
MD
LG