Линклар

logo-print

Samarqand viloyatida 27 ming 787 nafar voyaga yetmagan bolaning moddiy ta’minoti aliment hisobiga amalga oshirilayotgani to‘g‘risida viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Shavkat Savurboevning “Zarafshon” gazetasi e’lon qilgan maqolasiga tayanib, uz24.uz sayti xabar qildi.

Bu viloyatdagi jami voyaga yetmaganlarning 2,1 foizidir.

Aytilishicha, o‘tgan yili aliment to‘lamayotgan 8 680 kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Natijada 5 milliard 49 million so‘mlik aliment to‘lovlari undirilgan.

Qonun doirasidan chetda ish yuritgani uchun 306 nafar qarzdorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, sud orqali 342,6 million so‘mlik aliment pullari to‘lanishi ta’minlangan.

2016 yilning birinchi choragida 94 ta oilaning yarashgani va tushuntirish ishlari olib borish natijasida ijro hujjatlari 4 ming 529 taga kamaygani, aliment undiruv samaradorligi 43,7 foizga oshgani to‘g‘risida yozgan Samarqand viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Shavkat Savurboev

XS
SM
MD
LG