Линклар

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalq ta’limi vazirligida «Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid» targ‘ibot tadbirlari dasturi doirasida xalq ta’limi sohasidagi suiiste’molchilik holatlari va korrupsiyaning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazilgani to‘g‘risida prokuratura rasmiy sayti xabar qildi.

Uchrashuvda Xalq ta’limi vaziri, o‘rinbosarlari, vazirlikning tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar bo‘limlari mudirlari ishtirok etgan.

“Tadbirda Bosh prokuratura mas’ul xodimining xalq ta’limi sohasida qonuniylik holati, sohada korruptsiyaning oldini olish borasida 2015 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning monitoringi tahlili natijalari haqidagi ma’ruzasi eshitildi hamda ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarning sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi”, deyiladi bosh prokuratura xabarida, biroq xalq ta’limi tizimidagi korrupsiya darajasiga oid raqamlar yoki boshqa ko‘rsatkichlar keltirilmagan

XS
SM
MD
LG