Линклар

O‘zbekistonlik ayol bolasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda


Tulada yangi tug‘ilgan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol ustidan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Tergovchilarga u bolani boqa olishiga ko‘zi etmaganidan o‘ldirganini ma’lum qilgan.

Tulada yangi tug‘ilgan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol ustidan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Tergovchilarga u bolani boqa olishiga ko‘zi etmaganidan o‘ldirganini ma’lum qilgan.

Tulada yangi tug‘ilgan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol ustidan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Tergovchilarga u bolani boqa olishiga ko‘zi yetmaganidan o‘ldirganini ma’lum qilgan.

Tula shahrining Proletarskiy tuman prokurori o‘z farzandini o‘ldirganlikda ayblanayotgan 27 yoshli o‘zbekistonlik Kamola Davronova ustidan ochilgan jinoyat ishini mahalliy sudga topshirdi.

- Jinoiy ish darhaqiqat sudga yuborildi. Viloyat prokuraturasi ayblov xulosasini tasdiqladi. Bu ayol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining og‘ir bo‘lgan 105- moddasi 2- qismi “v” bandi (voyaga yetmaganni o‘ldirish) asosida ayblanmoqda. Ayblanuvchi o‘zbekistonlik ayol o‘tgan yilning avgustidan buyon hibsda saqlanmoqda, dedi tafsilotlarni Ozodlikka gapirib bergan Proletar tuman prokuraturasi navbatchisi.

2015 yilning 16 avgustida Tula shahar tug‘ruqxonalaridan birida o‘zbekistonlik Kamola Davronova farzand ko‘radi. Ona va soppa-sog‘ tug‘ilgan qizaloqqa vrachlar 4 kundan keyin shifoxonadan ruxsat beradi.

20 avgust kuni shifoxonadan ko‘chaga chiqqan Kamolani bola boqish va o‘stirish o‘yi xavotirga solib qo‘yadi. U tergovchilarga ham ishlab, ham bolaga qarashning iloji yo‘qligi tufayli jinoyatga qo‘l urganini tushuntirib bergan.

Shu kuniyoq u Tula shahrining Yablochkova ko‘chasidagi ovloq joyga o‘tib, bolani bo‘ynidan bo‘g‘adi. Bola shu joydayoq hayotdan ko‘z yumgani Tula prokurorlari tomonidan ayblov xulosasida aks ettirildi.

Kamola jinoyat izlarini yo‘qotish maqsadida o‘sha kuniyoq kechki payt bolaning tanasini Kimovskiy tumanidagi Shaxtinskiy qo‘rg‘onidagi musulmonlar qabristonga ko‘mib kelganlikda ayblanmoqda.

Tula shahar 2-sonli bolalar shifoxonasi uchastka pediatri bir necha kundan keyin bolani reja asosida ko‘rishga bordi va ayol yashayotgan joydan uni topa olmadi. Davronovaning bola haqida ma’lumot bermayotgani tibbiyot mutaxassisini xavotirga soladi va u Krivoluchenskiy politsiya bo‘limiga bu haqda bildirishnoma yozib beradi.

Politsiyachilarga Davronova bolaning qaerda ekanini tushuntirib bera olmadi va hibsga olindi.

Politsiyada Kamola 2011 yildan buyon Tulada noqonuniy yashab kelayotgani va tayinli ish joyi yo‘qligi aniqlandi.

Tula shahar Proletarskiy tuman sudida mazkur ish yuzasidan mahkama tayinlanishi kutilmoqda. Aybi mahkamada o‘z isbotini topsa 27 yoshli Kamola Davronova 5 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG