Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:00

Matbuot erkinligi bo‘yicha O‘zbekiston 180 mamlakat orasida 166-o‘rinda


Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining "Jahon matbuot erkinligi indeksi"da O‘zbekiston 180ta mamlakat ichida 166-o‘rinni egalladi. Tashkilotning matbuot erkinligi bo‘yicha O‘zbekistonga bergan bahosi o‘tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi. Reytingda O‘zbekiston postsovet o‘lkalari ichida faqat Turkmanistondan (178-o‘rin) yuqoriroq pog‘onada turibdi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining "Co‘z erkinligi indeksi-2016" hisobotiga ilova qilingan xaritada O‘zbekiston qora rangda, matbuot ahvoli o‘ta abgor bo‘lgan 20 davlat qatorida ko‘rsatilgan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari Yohan Bihr Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonda matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat o‘ta tashvishli bo‘lib qolayotganini aytadi.

- O‘zbekistonni eng so‘nggi mustaqil jurnalist tark etdi, O‘zbekistondagi voqealarni yoritib kelgan eng yetakchi mustaqil nashr faoliyatini to‘xtatishga majburlandi. Hukumat Internetni nazorat etishni yanada takomillashgan usullarini qo‘llamoqda, kamida 10 jurnalist qamoqda qolmoqda, - deydi Yohan Bihr.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda matbuot eng erkin bo‘lgan davlat Qirg‘izistondir.

O‘z hisobotida tashkilot matbuot erkinligi darajasi bo‘yicha Qirg‘izistonni 85-o‘ringa, Tojikistonni 150-o‘ringa, Qozog‘istonni esa 160-o‘ringa qo‘ygan.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda va boshqa sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlarida vaziyat yildan-yilga yomonlashib bormoqda.

Hisobotda Rossiya 148-o‘rinni egallagan. O‘zgarishlar davrini boshdan kechirayotgan Ukraina esa bu yil matbuot erkainligi bo‘yicha reytingda o‘tgan yildagiga qaraganda 20 pog‘ona yuqoriladi va 107-o‘rinni egalladi.

Postsovet o‘lkalardan eng yuqori o‘rinlarni egallaganlari Gruziya (64-o‘rin), Armaniston (74-o‘rin), Moldova (76-o‘rin) va Qirg‘iziston (85-o‘rin) bo‘ldi.

“Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko‘ra, bu mamlakatlarda plyuralizm va matbuot erkinligi darajasi nisbatan yuqoridir.

“Chegara bilmas muxbirlar”ga ko‘ra, So‘z erkinligi indeksi jahondagi 180 mamlakatdan bo‘lgan jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyat faollari ega bo‘lgan erkinlik darajasi hamda so‘z erkinligiga rioya qilinishi bo‘yicha rasmiylar tomonidan ko‘rilayotgan choralarni aks ettiradi.

Tashkilotga ko‘ra, dunyodagi matbuot eng erkin bo‘lgan davlat Finlyandiya, matbuot eng ko‘p bo‘g‘iluvchidavlat esa Eritreyadir.

XS
SM
MD
LG