Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:41

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi


21-30 aprel kunlari o‘tkaziladigan qit’a chempionatida 32 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod atlet 15 vazn toifasida bellashadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi rasmiy sayti.

Qit’a chempionati bahslari 24 aprel kuni boshlanadi va 30 aprelga qadar davom etadi. 22 aprelda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining ijroiy qo‘mita yig‘ilishi, 23 aprelda esa, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining Kongressi o‘tkaziladi.

Aytilishicha, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

“Erkaklar terma jamoamiz "Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanmalarni (5 ta) naqd qilib qo‘ygani bois, ushbu qit’a chempionatida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining litsenziyalari uchun ayollar terma jamoamiz kurash olib boradi”, deyilgan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi rasmiy saytida.

XS
SM
MD
LG