Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:09

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari o‘ziga spiker saylay olmadi


Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputatlari bugungi yalpi majlisida o‘zlariga spiker saylay olmadi.

Bu haqda xabar qilgan Azattiq radiosiga ko‘ra, yashirin ovoz berish natijalari deputat Isaevga 51, deputat Torobaevga 51 ovoz berilganini ko‘rsatgan.

Ovoz berishga Jo‘g‘o‘rqu Keneshning 120 deputatining 119 nafari ishtirok etgan, 3 byulleten yaroqsiz, deb topilgan. 14 deputat ikkala nomzodga ham qarshi ovoz bergan.

Aytilishicha, Jo‘g‘o‘rqu Kenesh spikeri lavozimiga boshqa nomzodlar ko‘rsatiladi va yana saylov o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston parlamenti raisi Asilbek Jeenbekov aprelning birinchi yarmida akasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bosh vazir lavozimini egallagani munosabati bilan iste’fo bergan edi.

XS
SM
MD
LG