Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:03

Tolibon Kobulda amalga oshirgan hujum qurbonlari soni 64 nafarga yetdi


Afg‘oniston poytaxti Kobulda xavfsizlik xizmati binosiga Tolibon janggarilari hujum qilgani oqibatida kamida halok bo‘lganlar soni 64 nafarga, yaralanganlar 347 kishiga yetdi,

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Siddiq Siddiqiyning bildirishicha, 19 aprel kuni Tolibon janggarisi bo‘lgan xudkush portlovchi modda yuklangan yuk mashinasini xavfsizlik binosi yaqinidagi bekatda portlatib yuborgan. Shundan so‘ng toliblar hujumga o‘tib, xavfsizlik xizmati binosini egallashga harakat qilgan.

O‘laganlar va yaradorlar orasida harbiylar bilan bir qatorda fuqarolar ham bor. Mazkur hujum uchun mas’uliyatni Tolibon harakati o‘z zimmasiga oldi. Halqaro hamjamiyat Tolibon tomonidan uyushtirilgan hujumni keskin qoralamoqda.

XS
SM
MD
LG