Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:10

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga vizasiz rejim taklif qildi


Qisqa muddatli safarlar uchun taklif qilinayotgan vizasiz bordi-keldi rejimidan biometrik pasporti borlar foydalanishi mumkin.

Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha idorasi rahbari Dimitris Avramopulos chorshanba kuni Ukraina fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga kiradigan mamlakatlarga muddati 90 kungacha bo‘lgan safarni vizasiz amalga oshirish rejimi taklif qilinayotgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Avramopulosga ko‘ra, shunday qilib, Yevropa Ittifoqi bu sohada Ukraina oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatni bajarmoqda.

Vizasiz qatnov qachondan boshlanishi hozircha noaniq, yangi qoidalar Yevroparlament deputatlari tasdig‘idan o‘tishi lozim.

Yevropa Ittifoqi taklifining rasmiy matnini Ukraina rahbariyatiga Ittifoqni kengaytirish va yaxshi qo‘shnichilik siyosati idorasi Yoxannes Xan Kievda taqdim etishi xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG