Линклар

Pokistonning Karachi shahrida jangarilar hujumi oqibatida poliomielitga qarshi emlash markazi xodimlari xavfsizligi ta’minlab turgan kamida 7 nafar politsiyachi o‘ldirildi. Sind viloyati rasmiylari politsiyachilarga qarata ikki joydan o‘t ochilganini ma’lum qilganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 chog‘li jangari avvaliga yo‘l bo‘yidagi uch politsiyachini otib o‘ldirgan, keyin esa ichida to‘rt xodim bo‘lgan politsiya mashinasiga hujum qilgan.

Ozodlikning Pokistondagi muxbiri yaradorlar mahalliy shifoxonaga og‘ir ahvolda etkazilgani va o‘sha erda jon berganini xabar qildi. Hujum uchun mas’uliyatni hozircha hech qaysi guruh zimmasiga olgani yo‘q.

Avval “Al-Qoida”ga aloqador jangarilar poliomielitga qarshi emlash kampaniyasida ishtirok etayotgan tibbiyotlarga hujumlar uyushtirgan.

XS
SM
MD
LG