Линклар

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi o‘tgan hafta O‘rtayer dengizidagi kema halokatida 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Omon qolganlarni 16 aprel kuni savdo kemasi qutqargan. Qutqarilganlar Liviyadan kontrabandachilar kemasiga o‘tirganlarini aytganlar.

BMT agentligining 20 apreldagi bayonotida dengizga chiqqandan keyin odam tashiydigan kontrabandachilar bir necha soat mobaynida yo‘lovchilarni katta kemalarga o‘tkazishga uringanlari aytiladi. Ana shunday urinishlarning birida qayiq ag‘darilib, cho‘kib ketgan.

37 erkak, 3 ayol va uch yoshli bolakay qutqarilgan va savdo kemasida Yunonistondagi Kalamata shahriga yetkazilgan. Qutqarilganlarning 23 nafari somalilik, 11 nafari habashistonlik, olti nafari misrlik va yana biri sudanlik fuqarolardir.

XS
SM
MD
LG