Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:08

NATO bosh kotibi: Rossiya vakillari bilan ochiq va jiddiy muzokara o‘tkazildi


NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg qariyb ikki yildan buyon ilk bor uchrashgan Rossiya va NATO vakillari, o‘rtadagi kelishmovchiliklarga qaramay, ochiq va jiddiy muzokaralar o‘tkazganini bildirdi.

20 aprel kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng chiqish qilgan Stoltenbergga ko‘ra, muzokaralar NATO Rossiyaning Ukraina sharqidagi urush yuzasidan mulohazasiga qarshi yana bir bor tasdiqlagan.

- NATOdagi ittifoqchilarning ko‘pi Rossiya buni fuqarolar urushi sifatida taqdim qilishga urinayotganidan rozi emas, - degan Stoltenberg Ukraina sharqini aynan Rossiya beqarorlashtirayotganini, ayirmachilarga qurol-aslaha, mablag‘, jihozlar bilan ko‘maklashayotganini urg‘uladi.

NATO vakillari o‘tgan hafta rus uchoqlari AQSh harbiy kemasiga xavfli darajada yaqinlashgani bilan bog‘liq hodisalar yuzasidan ham tashvish izhor qilganlar.

NATO 2014 yil martida Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan bir oy o‘tib, Moskva bilan qariyb barcha aloqalarni to‘xtatib qo‘ygandi. O‘shandan beri Rossiya va NATO vakillari 2014 yil iyunida faqat bir marta uchrashganlar.

XS
SM
MD
LG