Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:39

O‘zbek rasmiylari yoshlarni Internetdagi salbiy kontentdan tavsiyalar bilan himoya qilmoqchi


O‘zbekistonda yoshlarni Internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi qo‘llanma ishlab chiqildi. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

“Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma” voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar mavjud”, deyiladi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xabarnomasida.

O‘zbekistonda aholini, xususan, yoshlarni Internetdan ehtiyot bo‘lib foydalanishga chaqiriqlar ilk bor yangrayotgani yo‘q.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti hisobotlarida O‘zbekiston qariyb har yili "Internet dushmanlari" bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida qayd etiladi.

XS
SM
MD
LG