Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:17

Toshkentda YeI moliyaviy ko‘magida reabilitatsiya markazi ochildi


O‘zbekiston poytaxtida 20 aprel kuni aholi orasidagi himoyaga muhtoj kishilarni ijtimoiy jihatdan dastaklash markazi ochildi. Markaz Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “To‘laqonli hayotga qaytish” dasturi doirasida ochilgan.

Ikki yildan ko‘proq davom etadigan loyiha, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasidan ma’lum qilishlaricha, jazo muassasalaridan ozod bo‘lgan, giyohvandlikka ruju qo‘ygan, OITV va sil kasaliga chalingan, Toshkent shahri va viloyatida yashovchi 1,5 ming chog‘li erkak va ayolni qamrab oladi.

Loyiha Germaniyaning Xalq universitetlari uyushmasi (DVV International) tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, loyihada turli jamoatchilik tashkilotlaridan 220 nafar vakil ishtirok etadi.

Markazning vazifasi uzilgan ijtimoiy foydali aloqalarni tiklash, himoyaga muhtoj kishilarni ishga joylashtirish hamda ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun barqaror asos shakllantirish ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG