Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:30

Norvegiya sudi 77 odamni o‘ldirgan Anders Breyvik haqqini himoya qildi


Norvegiya poytaxti Oslo mahkamasi ommaviy qotillik uchun 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Anders Breyvikning qamoqda saqlanishi “noinsoniy” degan to‘xtamga keldi va hukumatdan mahkum sharoitini yaxshilashni talab qildi.

Mahkama qarorida ta’kidlanishicha¸ "insonga noinsoniy va tahqirlovchi munosabatda bo‘lishni taqiqlash demokratik jamiyatning eng asosiy qadriyati hisoblanadi va bunday taqiq terrorchi va qotilligidan qat’iy nazar¸ hammaga birdek tatbiq etiladi."

2012 yili 77 odamni otib o‘ldirgani uchun Norvegiya qonunchiligida belgilangan eng og‘ir jazo – 21 yillik qamoqqa hukm qilingan Breyvik o‘zining bir kishilik xonada saqlanishi va boshqa mahbuslar bilan aloqa qilishi taqiqlanganini “noinsoniy munosabat” deb baholab¸ sudga shikoyat qilgan edi.

Oslo tuman sudi hukmi bilan endilikda hukumat Breyvikning boshqa mahkumlar bilan uchrashishi¸ shuningdek¸ o‘z himoyachisi bilan shisha devorsiz gaplashishiga izn berishi kerak. Shuningdek¸ Breyvik shikoyat arizasini ko‘rib chiqish uchun sarflangan 41 ming dollarlik xarajatni qoplash ham hukumat zimmasiga yuklandi.

Norvegiya qamoqxonasi dunyodagi eng lyuks qamoq hisoblanadi va tutqunlarning yashash sharoiti Yevropaning uch yulduzlik mehmonxonalari sharoitidan qolishmaydi.

Oslo tuman mahkamasi qarori Breyvik qurbonlarining yaqinlari tomonidan e’tiroz bilan qarshi olindi.

XS
SM
MD
LG