Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashiga a’zo olti davlat rahbarlari bilan uchrashdi.

Forz ko‘rfazi hamkorlik kengashiga Bahreyn¸ Quvayt¸ Qatar¸ Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab amirliklari a’zo.

Oq uyga ko‘ra¸ Saudiya qiroli Salmon bilan muzokaralar ortidan o‘tkazilgan bugungi uchrashuvda asosan xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.

Xususan¸ uchrashuvning bir qismida asosan Al-Qoida va Islomiy davlat kabi terror tashkilotlariga kurash masalasi¸ boshqa bir qismida Fors ko‘rfazining badavlat qirollik va amirliklari tomonidan mintaqaviy xavfsizlikka tahdid deb ko‘rilayotgan Eron bilan munosabatlar muhokama qilingan.

Oq uy bayonotiga ko‘ra¸ Obama Forz ko‘rfazining badavlat sunniy davlatlarini shialar boshqaruvidagi Eron bilan mintaqada tinch-totuv yashashga da’vat qilgan.

XS
SM
MD
LG