Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 02:57

Poroshenko 2014 yildan keyingi Rossiya kinolarining Ukrainada ko‘rsatilishini taqiqladi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 2014 yilning 1 yanvaridan keyin Rossiyada suratga olingan filmlarning Ukrainada namoyish qilinishini taqiqlovchi qonunga qo‘l qo‘ydi.

20 aprel kuni imzolangan ushbu hujjatga ko‘ra¸ 1991 yildan keyin suratga olingan Rossiya filmlarida Kreml va Moskva hukumati faoliyati ulug‘langan bo‘lsa¸ ularni Ukrainada ko‘rsatish ham taqiqlandi.

Mazkur qonunning Ukraina milliy xavfsizligini himoyalash¸ jamiyatdagi separatchilik kayfiyatini kamaytirib¸ Kiev hukumati avtoritetini oshirish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Aksar aholisi ham rus¸ ham ukrain tilida gaplashuvchi Ukraina kino bozorini ko‘pdan Rossiya teleseriallari egallab kelmoqda. Shuningdek¸ Ukraina va Rossiya telekanallari hamkorlikda qator badiiy va telefilmlar suratga olib kelgan.

Rossiyaparast Yanukovich 2014 yil fevralida prezidentlikdan haydalganidan so‘ng¸ Kiev-Moskva munosabatlari keskin yomonlashdi va Ukraina joriy hukumati Rossiyani “bosqinchi davlat” deb e’lon qildi.

Rossiya 2014 yil yozida Qrim yarim orolini anneksiya qildi va mamlakat sharqidagi separatchilarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG