Линклар

logo-print

Amnistiya Rossiyadan o‘zbekistonliklarni majburan chiqarib yubormaslikni so‘radi


Jon Dalhizen Rossiyani o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishni to‘xtatishni so‘radi.

Jon Dalhizen Rossiyani o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishni to‘xtatishni so‘radi.

Amnesty International (Xalqaro Amnistiya) Rossiyani yuzlab O‘zbekiston fuqarolarini vatanlariga majburan chiqarib yuborayotganlikda aybladi.

Xalqaro Amnistiyaning ishonishicha, majburan qaytarilgan yoki o‘g‘irlab ketilgan o‘zbekistonliklar qiynoqlarga tutilmoqda.

Shu tariqa, 21 aprel kuni xalqaro nufuzli tashkilot chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistondagi qiynoqlarga “yordam qo‘lini cho‘zayotir”.

Xalqaro Amnistiyaning aytishicha. Rossiya o‘zbekistonliklar vatanlariga qaytarilgach, qiynoqlarga tutilishlari “yaqqol” bo‘lsa hamki, O‘zbekiston huquq-tartibot idorlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

“Qiynoqlar tomon yo‘l: Rossiyada muhojirlarni o‘g‘irlash va O‘zbekistonga majburan qaytarish” deb nomlangan bu hujjatda nomli hisobotda Moskva Toshkentning ekstraditsiya talabiga kamdan-kam holatda rad javob bergani va o‘zbek xavfsizlik kuchlariga esa o‘z fuqarolarini Rossiyadan o‘g‘irlab ketishlariga iz bergani ta’kidlanadi.

Xalqaro Amnistiyaning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Jon Dalhizen Rossiyani “bunday o‘g‘irlashlar va deportatsiyalar”ni to‘tatishga chaqirdi.

Jon Dalhizen so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytarilgan shaxslarning birortasi qiynoqqa tutilmasligiga Rossiyaning ishonchi komil bo‘lishi zarur.

Rossiya O‘zbekistonga qiynoq qo‘llamaslik, barcha mahkamalar adolatli va xalqaro me’yorlarga muvofiq o‘tishi uchun barcha bosimlarni qo‘llashi kerak,” dedi Jon Dalhizen.

O‘tgan uch yil ichida Inson Haqlari bo‘yicha Yevropa Sudi Rossiyada shaxslarning O‘zbekistonga majburan qaytarish haqidagi 17ta qarorini bekor qildi.

G‘arb davlatlari O‘zbekistondagi inson haqlariga oid vaziyatni ko‘p yillardan buyon tanqid qilib keladi.

XS
SM
MD
LG