Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:04

O‘zbekistonda 2016 yil 1-choragida 109ta korxona tashkil etildi


O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida xorijiy sarmoyalar ishtirokida tashkil etilgan109 korxona ro‘yxatga olindi.

Uzreport nashrining xabar berishicha, ularning 78tasi Toshken shahrida, 9tasi Toshkent viloyatida, 4tasi Samarqand va yana 4tasi Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan.

Mazkur korxonalarning asosiy qismi, ya’ni 21tasi Rossiya sarmoyalari evaziga ish boshladi. Qolgan korxonalarga esa Xitoy, Koreya, Qozog‘iston, Britaniya, Turkiya va Hindiston sarmoya kiritgan.

109 korxonadan 51tasi ishlab chiqarishga, 19tasi savdoga, qolganlari esa xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbeksitonda 2016 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, xorijiy sarmoyalar ishtirokida ochilgan korxonalar soni 4 900ga etdi.

XS
SM
MD
LG