Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:07

Senatda AQShning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondonligiga nomzod ko‘rib chiqildi


AQShning Yevropadagi qo‘shnilari qo‘mondonligiga tayinlanishi kutilayotgan amerikalik general Kertis Skapparoti Sharqiy Yevropada Rossiyaning ehtimoliy tahdidiga qarshi turush uchun AQSh harbyilarining doimiy hozirligi zarur, degan fikrda ekanini ma’lum qildi.

21 aprel kuni Senatdagi tinglovlarda chiqish qilgan Skapparoti Rossiya va Eronga strategik mujda jo‘natish maqsadida O‘rta Yer dengiziga harbiy kemalar kiritilishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Kuni kecha AQSh harbiy-dengiz floti Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti va Ka-27 vertolyoti Amerika esminetsi uzra parvoz qilayotgani aks etgan suratlarni chop etgan edi.

Skaparotti Rossiyaning bunday harakatlarini “mutlaqo o‘zini oqlamaydigan ahmoqona harakat" sifatida baholadi.

Senatda qo‘mondonlikka nomzodi ko‘rib chiqilgan Kertis Skapparoti ikki haftadan so‘ng AQShning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlanishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG