Линклар

Payshanba kuni Armaniston poytaxtida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Yerevanga kelishi munosabati bilan norozilik namoyishi o‘tkazildi.

Norozilar Yerevandagi Rossiya elchixonasiga yurish qildi. Elchixona oldida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To‘qnashuvda jabrlanganlar va qo‘lga olinganlar haqida hozircha ma’lumot berilmayapti.

Norozilar Sergey Lavrov Ozarbayjon bilan bahsli bo‘lib turgan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi konfliktni bartaraf etishning “armanlarga qarshi rejasi”ni olib kelgan, deb hisoblamoqda. Namoyishchilar, shuningdek, Rossiya Ozarbayjonga qurol sotishni to‘xtatishini talab qilmoqda.

Bugun Sergey Lavrov armanistonlik hamkasbi bilan uchrashadi va Tog‘li Qorabog‘ ziddiyatini tinch yo‘l bilan bartaraf etish masalasini muhokama qiladi.

Aprel oyi boshida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ uchunurush bo‘lib o‘tgan. Janglarda har ikki tomondan o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG