Линклар

1992 yildan to shu kunga qadar Jahon Banki Qozog‘istonga 7 milliard dollarga yaqin sarmoya yotqizdi.

Bu haqda Qozog‘istonda payshanba kuni Xalqaro taraqqiyot va qayta qurish banki ofislarini tashkil qilish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi prezentatsiyasida ma’lum qilindi.

Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri Erbolat Dosaevning aytishicha, jahon banki yo‘l va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes o‘rtasida raqobatni shakllantirish, salomatlikni saqlash va maorif soahalarini modernizatsiyalash sohalariga sarmoya kiritgan.

2016 yildan 2021 yilgacha Jahon banki Qozog‘istonga yana 4 milliard 300 million miqdorida sarmoya kiritilishini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG