Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:42

Turkiyada bolasini kaltaklagan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi


Turkiyaning Mersin shahrida uch yashar qizini kaltaklagan o‘zbekistonlik 36 yashar Gulchehra Isoqulova hibsga olindi. Isoqulovaga ochilgan jinoiy ish may oyida mahkamaga oshiriladi. Turkiya qonunlariga ko‘ra, unga besh yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Mersin mahkamasi kelgusi oyda O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Isoqulovaning o‘z qizini kaltaklagani bo‘yicha ochilgan jinoiy ishni ko‘rib chiqishni boshlaydi.

Eltuz.com saytining turk matbuotiga tayanib yozishicha, Gulchehra Isoqulovaning o‘z qizini kaltaklagani voqeasi o‘tgan yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan. Voqea Isoqulovaning jiyani tomonidan mobilь telefoniga tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Videoda Isoqulovaning o‘z qizini qarg‘ab kaltaklagani, tepgani aks etgan.

(Diqqat: Ko‘ngli bo‘shlarga videoni ko‘rmaslikni tavsiya qilamiz)

Rafiqasining shafqatsizligi aks etgan videoni ko‘rgan 30 yashar Hasan Tayfun xotini bilan ajrashish uchun mahkamaga ariza topshirgan.

Mersin sudi Hasan Tayfun da’vosini qondirib, uning sobiq xotinini onalik huquqidan mahrum qilgan va qizchani Hasan Tayfun tarbiyasiga bergan.

Mersin prokurori Gulchehra Isoqulovani “Tahdid¸ qiynoq va qasddan jismoniy shikast etkazish” moddasi bo‘yicha ayblab, unga 5 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan.

XS
SM
MD
LG