Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:29

Uch oyda bozorlardagi 8,4 milliard so‘mlik tovar musodara qilindi


Soliq xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan reydlar natijasida joriy yilning uch oyi davomida mamlakat bozorlaridagi jami 8,4 milliard so‘mlik tovar musodara qilindi. Jumladan, 272,1 million so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari noqonuniy savdoga qo‘yilganlik vajidan olib qo‘yilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, soliqchilar uch oy davomida jami 2772 ta reyd o‘tkazib, bozorlardagi noqonuniy savdoga oid holatlarni tekshirgan.

Ushbu reydlar Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan reydlar davomida 30ta holatda o‘z vaqtida bankka pul topshirmaslik, 61ta holatda pul undirib patta yoki chek bermaslik aniqlangan. Shuningdek, 25ta holatda to‘lov terminallaridan foydalanish qoidalarini buzish, 13 holatda yuridik va jismoniy shaxslarga ob’ektlarni ijara shartnomasi tuzmasdan berish kabi qoidabuzarliklar aniqlangan.

P.S. Soliqchilarning ushbu reydlariga tushgan va tovarlaridan ayrilgan tadbirkorlar bo‘lsa, Ozodlikka murojaat qilishlarini so‘raymiz.

XS
SM
MD
LG