Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:25

Tojikistonda fohishalar ushlanib, ona-onalariga topshirilmoqda


Tojikistonning Xatlon viloyati Qo‘rg‘on tepa shahar militsiyasi fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 182 nafar ayolni ushlab, ularning barchasini ota-onalariga topshirdi.

Qo‘rg‘on tepa tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nurali Rajabzodaning Ozodlik tojik xizmatiga aytishicha, ayollar maxsus reyd payti ushlangan.

Rajabzodaga ko‘ra, fohishalik qilgani uchun ushlangan 182 ayolning ota-onasiga rasmiy xat yo‘llanib, “o‘z yaqinlarini to‘g‘ri yo‘lga solish” talab qilingan, aks holda jarima solinishidan ogohlantirilgan.

Tojikiston qonunchiligi fohishalikka qarshi jazo berilishini ko‘zda tutadi. Mamlakat parlamenti o‘tgan yilning 15 oktyabrь kuni qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, fohishalikka qarshi jazoni keskinlashtirdi.

Yangi o‘zgartishga ko‘ra, bir yilning ichida ikki marta fohishalik qilgani uchun ushlangan ayol 1600 tojik somoni miqdorida jarimaga tortiladi yoki 15 sutkagacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

XS
SM
MD
LG