Линклар

Rossiya hukumati mamlakat yo‘llaridan o‘tuvchi xorijiy mashinalar uchun yo‘l haqini ikki barobarga oshirdi. Shuningdek, Latviya va Litvaning transport kompaniyalarini ham haq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritildi.

Hukumat saytidagi e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, endilikda bir kunlik yo‘l yig‘imi 850 rulga ko‘tarilgan. Bir yil uchun esa 120 ming rubl qilib belgilangan.

Rossiya hukumati rublning evroga nisbatan qiymatidan kelib chiqib, yo‘l yig‘imlari oshirilganini ta’kidladi.

Yaqinda Latviya bilan Litva Rossiyaning yuk mashinalariga nisbatan yo‘l yig‘imini joriy qilgan edi.

XS
SM
MD
LG