Линклар

Kambag‘al oilasiga 100 ming so‘m olib kelish o‘yida mardikorlikka ketib¸ bedarak yo‘qolgan 23 yashar Bektemir Umrzoqovni yaqinlari bir oylik tinimsiz qidiruvlardan so‘ng¸ Jizzax viloyati Paxtakor tumani IIB izolyatoridan topdi. Bugunga kelib sud hukmi bilan ishidchi o‘g‘riga chiqarilgan Bektemir Jasliq qamog‘iga jo‘natildi.

Jizzax viloyati Paxtakor tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 19 fevral kuni millati armani nasroniy Aramais Avakyanni 7 yilga, uning sheriklari Furqat Jo‘raevni 12 yilga, Bektemir Umrzoqovni 6,5 yilga, Dilshod Alimov va Akmal Mamatmurodovlarni 5¸5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining qo‘poruvchilik, o‘g‘rilik, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish kabi moddalari bilan ayblandi.

22 mart kuni Jizzax viloyati sudi Avakyan va u bilan birga sudlangan 3 kishining quyi sud hukmidan norozi bo‘lib kiritgan shikoyat arizasini qondirmadi.

Jizzaxda IShIDga aloqadorlikda ayblanib qamalganlardan biri paxtakorlik 23 yashar Bektemir Umrzoqovdir.

22 aprel kuni Ozodlikka murojaat qilgan Bektemirning onasi Nasiba Umrzoqova¸ o‘z farzandining kimlarningdir fitnasiga qurbon qilinganini aytadi.

Kambag‘al oilaning begunoh bolasini ishidchiga chiqarib¸ uni Jasliqqa yuborish¸ onaning ta’kidicha¸ O‘zbekiston prezidenti siësatiga qarshi ish.

Nasiba Umrzoqovaning to‘ng‘ich farzandi Bektemir va oilasi taqdirini ostin-ustin qilgan voqealar haqidagi hikoyasini quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG