Линклар

1991 yilning 30 sentyabrida ish boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq 7-sessiyasi “Karimovni ag‘darishga urinilgan” tarixiy tadbir sifatida tarixga kirdi. Bu tarixiy kunning bugun uchun saboqlarini Qurultoy eshittirishida muhokama qildik.

Ayni sessiyada O‘zbekiston prezidentini jiddiy tanqid qilgan deputat Shuhrat Nusratov yaqinda qamoqdan ozod qilindi.

O‘sha kuni Oliy Kengashdagi demokratik deputatlarning “Tashabbus” guruhi “O‘zbekiston prezidentiga deputatlar ishonchsizlik bildirdi” degan xabar matbuotga sizib ulgurgan edi.

Bundan 25 yil oldin o‘tkazilgan bu sessiyadan keyin O‘zbekistonda murvatlar qattiq buralib, asta-sekin diktatura qaror topdi.

Deputat Shuhrat Nusratovning1991 yilning 30 sentyabridagi nutqini eshitgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “O‘pkangni bosib ol” degan ma’noda javob bergan edi.

Karimovning bu gapidan ancha vaqt o‘tib Nusratov qamoqqa olindi.

XS
SM
MD
LG