Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:33

Toshkentdagi tramvay korxonasining binolari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi


Toshkent markazidan tramvay relslari olib tashlanmoqda
Toshkent markazidan tramvay relslari olib tashlanmoqda

Toshkentda tramvay xizmatlarining to‘liq to‘xtatilishli munosabati bilan "Toshkent tramvayi" korxonasiga tegishli bino va inshootlar kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi saytida e’lon qilindi.

28 mart kuni Toshkent shahar hokimi poytaxt tez orada tarmvaylardan butunlay voz kechishini bildirgandi.

Hokim Rahmonbek Usmonov bosqichma-bosqich tramvay yo‘llari olinib, o‘rniga avtobus qatnashini aytgandi.

Toshkent shahar hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, hozir mavjud jami 87 tramvay qatnovidan daromadi ozligi uchun voz kechilmoqda.

5 aprelda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "Toshkent shahridagi transport infratuzilmasini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilgan edi.

Unga muvofiq, Toshkent tramvayi"ga tegishli bo‘lgan ikkita tramvay depolari, shahar elektr transportiga xizmat ko‘rsatish xizmatlari doxil umumiy maydoni qariyb gektar ob’ektlar sotiladi.

OZOD-VIDEO: Тошкент трамвайлар билан видолашмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00

Sotuvdan tushgan mablag‘ O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining avvalgi yillarda 400 ta Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusini sotib olish uchun jalb etilgan kreditlarini to‘lash uchun sarflanishi xabar qilingan.

Toshkent tramvayi Markaziy Osiyoda eng qadimga transport xizmat turi hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, poytaxtdagi tramvay liniyalarini ko‘chirish ishlari shu yil oxirigacha davom etadi va jami 87 kilometrlik temir yo‘l olib tashlanadi.

XS
SM
MD
LG