Линклар

logo-print

O‘zbekistonlik huquq faollari Jizzax viloyatida mustaqil huquq himoyachilariga qarshi bosimlarning kuchayishidan xavotirdalar.

Bunga Jizzax viloyati Zomin tumani prokurori, adliya maslahatchisi Bektosh Soipov viloyat hududida norasmiy faoliyat olib borayotgan huquq faollarini keskin tanqid ostiga olishi sabab bo‘ldi.

Zoming prokurorining tanqidiy chiqishi 16 aprel kuni Jizzax viloyatining Dashtobod shaharchasidagi San’at va musiqa kollejida o‘tgan majlisda yangradi.

Bu haqda xabar qilgan mahalliy faollarga ko‘ra, prokuror fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi pastligi uchun o‘zlarini “huquq himoyachilari” deb atayotgan kimsalarning domiga ilinmoqda.

O‘zlarini huquq himoyachilari deb yurgan bu kimsalar Amerikada yashayotgan muxolif “Birdamlik” xalq harakati rahnamosi Bahodir Choriev singari odamlar bilan hamkorlik qilmoqda, ularga ishonmanglar va murojaat qilmanglar. Mana biz bor, militsiya va boshqa huquq-tartibot idoralari bor,” dedi Bektosh Soipov.

"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi hamda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosiga bag‘ishlangan majlisda militsiya va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini yuqorida nazarda tutilgan “huquq himoyachilari” bilan kurashga chaqirgan prokuror Jizzax viloyati xududida bunday holatlarning tugatilishini aytdi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, prokurorning chaqirig‘i Jizzaxda sanoqli qolgan huquq faollarini ta’qib qilishga qaratilgan signaldir:

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida har bir inson o‘zi yakka holda va boshqalar bilan birgalikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini milliy va xalqaro miqyosda rag‘batlantirish, himoya qilishga harakat qilish va ro‘yobga chiqarish huquqiga ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston mazkur hujjatni ratifikatsiya qilgan mamlakat o‘laroq ushbu qoidalarga zid faoliyat yuritmoqda”, deydi huquq faoli Tashanov.

“Ozodlik” muqaddam jizzaxlik huquq faollari, xususan, O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkilotining viloyatdagi yetakchisi O‘ktam Pardaevning hibsga olinishi va sudlanishi voqealarini keng yoritgan edi.

XS
SM
MD
LG