Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:39

AQSh Adliya Vazirligi Gulnora Karimova va uning sheriklarini sudga berdi


Bloomberg axborot agentli tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh Adliya Vazirligi Gulnora Karimova va uning sheriklarini 21 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Manxetten federal sudiga berdi.

AQSh Adliya Vazirligi Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi va uning bir necha yaqin sheriklarini Shveytsariya bank hisoblarida saqlanayotgan 550 million dollardan ko‘proq mablag‘ni topshirish haqidagi AQSh hukumati talabini mensimaslikda ayblamoqda.

Manxetten federal sudiga ariza bilan chiqqan prokurorlarga ko‘ra, Gulnora Karimova va uning sheriklari uchta bank raqami yuzasidan fevral oyida yuborilgan shikoyat arizasiga javob bermaganlar.

Mazkur arizada Gulnora Karimova tilga olinmagan.

Unda faqat “O‘zbekiston hukumatidagi yuqori martabali rasmiyning yaqin qarindoshi bo‘lgan hukumat rasmiyiga” pora berilgani ta’kidlangan.

Ammo, Adliya Vazirligining bu galgi arizasida Gulnora Karimova va sheriklari ismlari keltirilgan.

Ushbu ish qarorgohi Amsterdamda joylashgan VimpelCom shirkati ustidan qo‘zg‘atilgan korrupsiya ishiga talluqlidir.

VimpelCom O‘zbekistondagi unga qarashli Unitel shu’basining faoliyatiga bog‘liq mazkur ishni yopish uchun AQSh va Hollandiya nazorat idoralariga 795 million AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan edi.

Gulnoraning sheriklari

AQSh Adliya Vazirligi Gulnora Karimovadan tashqari yana olti shaxs va ikki shirkat, jumladan Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tgan Takilant Ltd shirkatini sudga bergan.

Arizada Takilant shirkatiga “O‘zbekiston prezidentining qarindoshi“ egalik qilishi bildirilgan.

Shu yil yanvarida O‘zbekiston hukumati muzlatilgan pullar jinoyatchilar tarafidan o‘marilgani va mamlakatga qaytarilishi lozimligi aytilgan maktub bilan AQShga murojaat qilgan edi.

O‘zbekiston Adliya vaziri Muzraf Ikromov imzosi bilan jo‘natilgan maktubda jinoyatchilar orasida Gulnora Karimovaning ismi keltirilmagan, lekin uning jazmani Rustam Madumarov va xos yordamchisi Gayane Avakyanlar asosiy jinoyatkorlar sifatida tilga olingandi.

Bloomberg axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati va Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasi AQSh Adliya Vazirligining so‘nggi arizasi bo‘yicha hozirga qadar izoh bermagan.

XS
SM
MD
LG