Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:34

Prezident Islom Karimov Rossiyaga safar qiladi


Karimov va Putin
Karimov va Putin

Prezident Karimov kelayotgan haftaning dushanba va seshanba kunlari Moskvada bo‘ladi.

Bu haqda xabar tarqatgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zAga ko‘ra, Islom Karimov Rossiyaga Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif buyuradi.

"Tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar," deya ta’kidlanadi O‘zA xabarida.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida "turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan".

Biroq, aynan qanday hujjatlarning imzolanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

XS
SM
MD
LG