Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:15

Pokistonda BMT sanksiyalari ro‘yxatida bo‘lgan al-Qoida hamkori hibsga olindi


Pokistonning Karachi shahrida politsiya BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan al-Qoida tarmog‘ining moliyachisi Abdul Rahmon Sindni hibsga olgan.

Politsiyaning xabar berishicha, Abdul Rahmon Sind 22 aprel kuni politsiya va razvedka idoralarining qo‘shma amaliyoti chog‘ida qo‘lga olingan.

"Sind al-Qoidaning faxriy a’zolaridan, - dedi yuqori politsiya zobiti Muqaddas Haydar Reyter agentligi bilan suhbatda. - U Usoma bin Lodin va Aymon al-Zavohiriy bilan aloqada bo‘lgan hamda Harakat ul-Jihodi Islomiy, Jayshi Muhammad va al-Axtar Trast tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan."

Abdul Rahmon Sind "Al-Qoidaga moliyaviy jihatdan yordam berib turgani uchun" 2012 yilda BMTning sanktsiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

XS
SM
MD
LG