Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:16

AQSh "Islomiy davlat"ga qarshi hujumlarda oddiy fuqarolar o‘lganini e’tirof etdi


AQSh Markaziy Qo‘mondonligi sentyabr va fevral oylarida Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi havo hujumlarda 20 nafar oddiy fuqaro halok bo‘lganini tan oldi.

Ammo kuzatuvchilar bu e’tirofni "ishonchga loyiq emas", deya rad etdilar va 20 oy davomida 12 ming uchoq va dronlarda amalga oshirilgan uzluksiz amaliyotlarda o‘lganlar soni ancha ko‘proq bo‘lishi kerak, deya ogohlantirdilar.

Londonda joylashgan Airwars monitoring guruhi harbiy bo‘lmagan odamlar orasida talafotlarning kam bo‘lganiga "rostini aytsa ishonish qiyin," deb aytdi.

AQSh yetakchiligidagi ittifoqchi kuchlar havo amaliyotlarida 20 shaxsning o‘lgani Qo‘shma Shtatlar avvalroq tan olgan raqamlardan deyarli ikki baravar ko‘pdir.

XS
SM
MD
LG