Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:06

Merkel va YeI yuqori rasmiylari Turkiyaga safar qilmoqda


Germaniya kantsleri Angela Merkel va Yevropa Ittifoqining yuqori rasmiylari qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha bahsli kelishuvdan bir oy o‘tib, Turkiya-Suriya chegarasiga safar qilishmoqda.

Ushbu tashrif Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida imzolangan muhojirlarga oid bitim tanqidlarga uchrayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Mazkur bitimga muvofiq, Yunonistonda boshpana olishga noloyiq deb topilgan muhojirlar Turkiyaga deportatsiya qilinishi mumkin.

Ammo, huquq faollari Turkiya muhojirlar qaytishiga xavfsiz joy emas, deb hisoblaydilar.

O‘z navbatida Turkiya o‘z fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga vizasiz tizim joriy qilish talabi bajarilmas ekan, kelishuv bekor bo‘lishidan ogohlantirgan.

Merkel Suriya chegarasiga yaqin janubiy G‘azantep shahridagi qochqinlar jamlog‘iga borishi kutilmoqda.

Germaniya kantsleri u yerda Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li bilan uchrashadi.

Merkelga Yevropa Kengashining prezidenti Donald Tusk va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining vitse prezidenti Frans Timmermens hamrohlik qilmoqda.

XS
SM
MD
LG