Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:46

Turkiya qochqinlar bo‘yicha olgan majburiyatlarni bajarmoqda


Yevropa Ittifoqi turk fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilmasa Bryusselning qochqinlar masalasi bo‘yicha Turkiya bilan kelishimi shartlari to‘laligicha bajarilmasligi mumkin.

Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li Germaniya Kantsleri Angela Merkel bilan o‘tkazgan muzokaralari ortidan ta’kidladi.

"Anqara qochqinlar masalasida barcha shartlarni bajargan va Yevropa Ittifoqidan Turkiya bilan viza rejimini bekorqilish sari konkret qadamlarni kutmoqda", - dedi Dovuto‘g‘li.

Turkiya bosh vaziri Anqara suriyalik qochqinlarni ularni roziligisiz ortga qaytarib yuborayotgani haqidagi Xalqaro Amnistiya tashkiloti ayblovlarini rad etdi.

Janob Dovuto‘g‘liga ko‘ra, YeI va Turkiya orasidagi kelishim natijalarni bermoqda.

"Agar o‘tgan yili ohirida kuniga olti ming qochqin Egey dengizi osha Yevropaga o‘tishga uringan bo‘lsa bugungi kunda bu raqam bir necha yuzni tashkil etmoqda", - dedi Dovuto‘g‘li.

O‘z navbatida Turkiyaga safar qilayotgan Yevropa Ittifoqi rahbari Donald Tusk va Germaniya Kantsleri Angela Merkel ham Turkiyadan Yevropaga qochqinlar oqimi kamayganini e’tirof etishdi.

Ular shanba kuni Turkiyaga safari doirasida qochqinlar lagerini ziyorat etishdi va qochqin bolalar uchun markazning ochilishida qatnashishidi.

XS
SM
MD
LG