Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama Amerika kuchlarining Suriyada keng miqyosli quruqlik amaliyot o‘tkazish rejasi yo‘qligi va mazkur mamlakatdagi muammoni faqat harbiy kuch bilan hal etib bo‘lmaslinini aytdi.

Janob Obama bu haqda Londonga safarining so‘nggida ta’kidladi.

– AQSh yoki Buyuk Britaniya o‘z quruqlik kuchlarini u yerga yuborsa va shu yo‘l bilan Bashar Assad rejimini ag‘darsa bu xato bo‘lar edi, - dedi Obama.

Janob Obama o‘z prezidentligining qolgan to‘qqiz oyi ichida AQSh yetakchiligidagi koalitsiya "Islomiy davlat"ni enga olmasligini ham tan oldi.

- Biz faqat ular harakat maydonini toraytirishimiz mumkin, Mosul va Rakka kabi ularni asosiy markazlarini nazoratimizga olishimiz mumkin, - dedi Obama.

Janob Obama o‘z navbatida AQSh yetakchiligidagi koalitsiya bundan buyon ham "Islomiy davlat" janggari guruhi pozitsiyalariga havodan zarbalar berishda davom etishini aytdi.

XS
SM
MD
LG