Линклар

logo-print

Amerikalik xonanda Prinsning jasadi Minnesota shtatida krematsiya qilindi.

Bu haqda marhum qo‘shiqchining vakili Ivetta Noel-Nure jurnalistlarga ma’lum qildi.

Krematsiya qilingunga qadar Prinsning jasadi ekspertiza uchun yorib ko‘rilgan.

Minnesota shtatining Karver okrugi sherifi Jim Olson ekspertiza natijalari bir nechta hafta ichida ma’lum bo‘lishini aytdi.

Unga ko‘ra, Prins o‘z joniga qasd qilgani haqida hozircha hach qanaqa dalillar yo‘q.

Amerikalik pop qo‘shiqchi Prins 21 aprel kuni o‘lik topilgan edi.

Prins saksoninchi yillar boshlarida tanildi va o‘sha yillari AQShda u mashhurlikda Maykl Jekson darajasiga ko‘tarilgandi.

XS
SM
MD
LG