Линклар

Joriy o‘quv yilida 4 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiya oliygohlariga qabul qilingan va Rossiyada tahsil olayotgan MDH mamlakatlari talabalari orasida o‘zbekistonliklar son jihatdan yetakchilik qilmoqda.

Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev jurnalistlarga ma’lum qildi.

- Faqat joriy o‘quv yili, ya’ni 2015-2016 o‘quv yilida 4 mingdan ziyod o‘zbekistonlik abiturientlar Rossiyaning turli oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi, — dedi Tyurdenev.

Rossiyada 17 mingdan ziyod O‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Toshkentda esa Rossiya oliy o‘quv yurtlarining uchta filiali bor.

Bular Lomonosov nomidagi Moska Davlat Universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti hamda Gubkin nomidagi Neft va gaz Universitetidir.

XS
SM
MD
LG