Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

Quyosh batareyali “Solar Impulse 2” uchog‘i Havay orollaridan San-Fransiskoga uchib o‘tdi


Payshanba kuni Havay orollaridan osmonga ko‘tarilgan “Solar Impulse 2” quyosh batareyali uchog‘i uch kun davomida Tinch okeani uzra parvoz qilib, AQShning Kaliforniya shtati San Fransisko shahriga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Quyosh energiyasi bilan parvoz qiladigan uchoq yer yuzini aylanib chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatish uchun ikki yil avval ilk parvozni amalga oshirgan edi. O‘shanda uchoq Abu-Dabidan Yaponiyaga uchib borgan edi.

Lekin, uchoq parvozning keyingi bosqichida muammolar paydo bo‘ldi va Havay orollariga qo‘ndirilib, sozlandi.

Uzunligi 72 metr bo‘lgan bir o‘rinli uchoqni galma-galdan ikki shveytsariyalik ekologik Andre Borshberg va Bertran Pikarlar boshqarmoqda.

Oldinda ularni Atlantika okeani uzra parvoz kutmoqda.

XS
SM
MD
LG