Линклар

logo-print

Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Moskvaga rasmiy safari boshlanadi.

Prezident Vladimir Putin taklifi bilan amalga oshirilayotgan safar seshanba kuni yakunlanadi.

Avvalroq Rossiya nashrlari Kremldagi manbaga tayangan holda uchrashuvda prezidentlar O‘zbekiston armiyasini modernizatsiyalash va xavfsizlik masalalarini ham muhokama etishini xabar qilgan.

Islom Karimovning Moskva safari oldidan 5 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkent bilan 2014 yil dekabrida imzolangan va O‘zbekistonning 865 million dollar qarzidan kechilishini anglatuvchi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Mazkur shartnoma asosida O‘zbekiston SSSR Olmos fondi orqali Rossiya O‘zbekistondan kamida 1 milliard dollar qarzdor ekani to‘g‘risidagi iddaolaridan voz kechgan.

XS
SM
MD
LG