Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:46

Eron, Omon, Turkmaniston va O‘zbekiston transport koridori shartnomasi kuchga kirdi.


Eron, Omon, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida transport koridorini tashkil etish to‘g‘risidagi Ashxobod shartnomasi 23 apreldan boshlab kuchga kirdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mazkur shartnoma 2011 yilning 25 aprelida yuqorida aytilgan davlatlar va Qatar tomonidan imzolangan edi. Biroq Qatar 2013 yilda shartnomadan chiqishini bildirgan.

Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, bugungi kunga kelib shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan barcha davlatlar parlamentlari transport koridorini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilib bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG