Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:36

Serbiya parlamentiga saylovda bosh vazir partiyasi g‘olib bo‘ldi


Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich yakshanba kuni o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida o‘z partiyasi “tarixiy g‘alaba”ga erishganini e’lon qildi.

Vuchich millatchilik ruhidagi Serb progressiv partiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish siyosatini davom ettirishini aytdi. Ayni paytda bosh vazir Serbiya Rossiya, Xitoy va AQSh bilan hamkorlik davom etishini bildirdi.

Vuchich parlamentga muddatidan 2 yil oldin saylov o‘tkazilishini o‘z hokimiyati ta’sirini kuchaytirish uchun ko‘proq qo‘llov olish maqsadi bilan izohlagan.

250 o‘rinli Serbiya parlamentida Vuchichning partiyasi 131 o‘ringa ega bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yakshanba kuni o‘tgan saylovda saylovchilarning 50 fozi Serb progressiv partiyasi uchun ovoz bergan.

XS
SM
MD
LG