Линклар

logo-print

Rossiyaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon R2 rusumidagi avtomashinalarni yetkazib berish kechikmoqda.

Avtomashinalar Rossiyadagi dilerlarga aprel oyining oxirigacha yetkazib berilishi shart edi. Ravon shirkati matbuot xizmatining bildirishicha, mashinalarni yetkazib berishning kechikayotganiga temir yo‘l tariflarining keskin oshib ketgani sabab bo‘ldi.

Shirkatning bildirishicha, temir yo‘l tariflari oshib ketishi ortidan Ravon R2 avtomashinalari narxining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik makqsadida, mashinalarni Rossiyaga avtomobilь tashuvchi mashinalarda yetkazib berishga qaror qilingan.

Ravon R2 xetchbekining bazaviy komplektatsiyasiga Rossiyada 369 ming rubl narx belgilangan. Xetchbekning Optimum va Elegant komplektatsiyalari esa 429 ming va 469 ming rubldan sotiladi.

XS
SM
MD
LG